KEYS
Xizmat ko'rsatish sifatini yangi darajaga olib chiqish — qanday qilib NBU'ning 14 filiali xodimlarini o'qitdik
O'zbekistonda 40 dan ortiq bank mavjud bo'lib, barcha banklar ommaviy ravishda chakana mijoz uchun kurashmoqda. Mijoz, o'z navbatida, ishonchlilikdan tashqari, yuqori sifatli xizmat tufayli eng yaxshi mijoz tajribasini yaratadigan bankni tanlaydi.
Bizning vazifamiz nafaqat filial xodimlariga xizmat ko'rsatish standartlari to'g'risida nazariy bilimlarni beradigan, balki amalda qimmatli ko'nikmalarni rivojlantirishga, shuningdek filial jamoasini birlashtirishga yordam beradigan yechimni taqdim etish edi.
Dmitriy
Alpha akkaunt menejeri
Treningning maqsadi: mijozlarga xizmat ko'rsatish standartlarini o'rgatish, shuningdek, trening ishtirokchilariga e'tirozlar va mijozlarga yo'naltirilganlik bo'yicha amaliy ko'nikmalar, vositalar va texnikalarni ishlab chiqishda yordam berish.

O'quv dasturi: biz 6 yildan ortiq vaqt davomida kattalarni o'qitishga ixtisoslashganmiz, shu sababli nafaqat samarali va buyurtmachining talabiga javob beradigan, balki tinglovchilarni maksimal darajada jalb qila oladigan o'quv dasturini qanday shakllantirish kerakligini yaxshi tishunamiz.

Bizning yechimimiz biznes o'yin formatidagi nostandart o'quv dasturi edi. Ushbu format minimal zerikarli nazariya va maksimal amaliyotdan tarkib topib, kerakli ko'nikmalarni rivojlantirish va ularni trening ishtirokchilari xotirasida saqlashga imkon beradi.

Dasturning yana bir ijobiy tomoni — bu tinglovchilarni jalb qiladigan va treningning har bir ishtirokchisini mashq qilishga majbur qiladigan interaktivdir.

Biznes o'yini Alpha'dagi murabbiy-metodolog, maslahatchi va o'qituvchi dizayner Ruslan Andreev tomonidan ishlab chiqilgan. Ilgari,"Gazprombank" da o'qitish va rivojlantirish bo'yicha yetakchi murabbiy-metodolog lavozimida ishlagan.
Trening natijasi: o'yin davomida trening ishtirokchilari xizmat ko'rsatish bilan bog'liq turli xil vaziyatlarni hal qilishdi — mijozga yondashuvni qanday topish, u yoki bu e'tirozni qanday qayta ishlash, mijozning muammosini qanday hal qilish va uni parallel ravishda sodiq qilish. O'yin keysini hal qilish bilan bir qatorda, ishtirokchilar dastur murabbiyidan fikr-mulohazalarni olishdi.
Ushbu turdagi kompaniya uchun biznes o'yini — bu nafaqat xodimlarni xizmatga o'rgatganimiz, balki qo'shimcha muhim fazilatlarni singdirganimiz — ularni jamoada ishlashga o'rgatganimiz nuqtai nazaridan yaxshi faoliyatdir. Natijada, trening nafaqat ta'lim tadbiriga , balki timbildingning bir turiga aylandi. Odamlar bir-birlarini yaxshiroq bilib oldilar, mijozlar bilan ishlashning qiyin tomonlarini ishlab chiqdilar va endilikda har bir filialda ish jarayonida ular bir-birlariga qiyin muammolarni hal qilishda yordam berishlari mumkin bo'ladi.
Dmitriy
Alpha akkaunt menejeri
So'nggi bir necha yil davomida biz YXHT, TBC Bank, Orient Group, NBU, Tenge Bank, KPMG (Qozog'iston), Murad Buildings, UzAuto Motors, Beeline, Discover Invest, BeFit, Lactalis, Hettich, Dream City, Agrobank, KDB Bank, Akfa Lightning, Mebel Assotsiatsiyasi, doktor Bubnovskiy markazi va boshqa kompaniyalar bilan korporativ trening o'tkazdik.

Biz kichik, o'rtacha va yirik kompaniyalar uchun mamlakatning yetakchi mutaxassislari bilan o'quv dasturlarini yaratish orqali kompaniyalarning o'sishiga yordam beramiz.

Bizning mutaxassislarimiz sizga maslahat berishga va muqobil o'quv dasturini taklif qilishga tayyor.

Aloqa uchun telefon: (99) 835-05-25
Aloqa ma'lumotlarimiz
Telefon: +998 (99)835-05-25
Zulfiyaxonim ko'chasi 12, "Alpha" biznes markazi.